Yangiliklar



Xalqaro eletrotexnika komissiyasi ko‘magi, Koreya Standartlar va Texnologiyalar Agentligi tashabbusi va xomiyligida joriy yilning 8-10 avgust kunlari Koreya Respublikasining Yonjin shaxrida rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarning maktablarida taxsil olayotgan o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 13 xalqaro standartlar olimpiadasi o‘tkaziladi.

Andijonda Navro'z nafasi

“O'zstandart” agentligi “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining mashinasozlik laboratoriyasi binosida “Har kunimiz navro'z bo'lsin!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Xotira - abadiy, qadr - muqaddas

Qashqadaryo sinov va sertifikatlishitrash markazi davlat korxonasi hamda Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi ma'naviyat soati tashkil etildi.

Xalqimizda har bir ezgu tashabbus va rejalar hamjihatlikda va hamkorlik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirilishida hikmat ko‘pligi ta’kidlangan.

Joriy yilning 14 mart kuni Andijon viloyatida, Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” – davlat korxonasi hamkorligi hamda Tashqi savdo Vazirligi yordamida UNDP  «Aid For Trade» Mintaqaviy loyihasi tomonidan «GLOBAL G.A.P»  xalqaro standarti: asosiy talablari va ustuvorliklari” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

“Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda, viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Guliston shahrida joylashgan “Guliston TIF” bojxona posti qoshida eksport-importga ko‘maklashish shaxobchasi tashkil etildi. 

“O’zstandart” agentligining navbatdagi ma’naviyat soatiga Toshkent shahar Bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov taklif etildi.

Xukumat tomonidan alohida e’tibor berilayotgan masalalardan biri – mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda “O’zstandart” agentiligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya sohalarida duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2018 yil 9 mart kuni “O’zstandart” agentligi “Namangan SSM” DK mutaxassislari Namangan viloyat bojxonasining majlislar zalida “Tadbirkorlik subektlariga mahsulot eksportida yaratilgan keng qulaylik va shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularning bartaraf etish choralari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar.

Navbatdagi sayyor qabuli Sardobada

“O’zstandart” agentligi rahbariyatining navbatdagi “Sayyor qabuli” Sirdaryo viloyatining olis Sardoba tumanida tashkil etildi.

Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazining  o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi tomonidan xududdagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlariga qulayliklar yaratish maqsadida o‘lchash ko‘lami 2250 m3/h  gacha bo‘lgan sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash sohasini qamrab olish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Joriy yilning 7 mart kuni “O’zstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) tashabbusi bilan MAGATE ning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri – janob Kristof Samba Xenrix va MAGATE yadroviy yoqilg‘i tsikli va chiqindilar texnologiyasi bo‘yicha ekspert – janob Umar Salixbaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida Sayyor qabul

“O’zstandart” agentligi tomonidan tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi sayyor uchrashuv Navoiy viloyatining Karmana tumanida tashkil etildi.

“Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DKning tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ayol go‘zalligi olamni bezar!

“O’zstandart” agentligida xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan ma’riiy tadbir shunday nomlandi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan, “O’zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Star Screen” kompaniyasi xamkorligida mijozlarga ko‘rsatilayotgan hizmatlardan qoniqish darajasini o‘rganish va ma’lumotlarga ega bo‘lish “Axborot monitori”ni ishlab chiqdi va sinov rejimida “Higway Logistics Center” bojxona terminaliga o‘rnatildi. 

Joriy yilning 5 mart kuni “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi”-davlat korxonasi hamda Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxonalarning vakillari uchun yangi qabul qilingan “GLOBAL G.A.P, “Halol” standartlari va ISO 22000 xalqaro standarti talablari bo‘yicha amaliy mavzuda seminar tashkil etildi.

“O’zstandart” agentligining 2018-yil 9-fevral kungi 4-sonli o‘tkazilgan yigilish bayoni 10-bandi ijrosini bajarish maqsadida “Farg‘ona SSM” DK  direktori M.M.Azimov raisligi ostida va korxona xodimlari ishtirokida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”ga muvofiq “O’zstandart” agentligi “O’zbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda “Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvi xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi  tayyorlandi.