Yangiliklar



Eksport qiluvchilarga ko‘mak

Tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida “O’zstandart” agentligi tomonidan eksport qilish jarayoni bosqichlari va vakolatli davlat idoralari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlandi.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida «BureauVeritas» bilan hamkorlik 2018 yil 4 aprelda «O’zstandart» agentligida Frantsiyaning «Byuro Veritas» (BUREAU VERITAS) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yana bir muhim uchrashuv!

Joriy yilning 3 aprel kuni“O‘zstandart” agentligida “Wakefield Inspection Services Limited” rahbari janob Piter Veykfild bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi uchrashuvda “Respublikamizda yagona o‘lchashlar birliligini ta’minlash va halqaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari” mavzusi yuzasidan jurnalistlarga batavfsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Qashqadaryo sinov va sertifikatlishitrash markazi davlat korxonasida hamda Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi.

Muvofiqliknn baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 martdagi PQ-3643 sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida “Akkreditatsiya markazi” tashkil etildi. 

Xalqimizda  tarozining har ikki pallasi to‘g‘ri va halol ishlashi haqida juda ko‘p hikmatlar bor. Eng asosiysi bozorlar va yirik savdo majmualarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarozilarning to‘g‘ri ishlashi, o‘z vaqtida davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazib turilishi  avvalo iste’molchilarning manfaatlarni himoya qilish bilan birga savdo-sotiq madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

2018 yil birinchi choragi mobaynida kimyo mahsulotlarini sinash laboratoriyasi tomonidan «O’zstandart» agentligi tizimidagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari, shuningdek, viloyatdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 

“O‘zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanayotgan umumiy texnik reglamentlarning mazmun mohiyati haqida o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 28-29 mart kunlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavsuzsida Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Joriy yilning 29 mart kuni “O‘zstandart” agentligida GLOBALG.A.P Prezediumining vitse-prezidenti Flavio Alzuyeta va Bilashgan Millatlar tashkiloti, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xamda O‘zbekiston fermerlari kengashi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 martdagi qaroriga muvofiq, tashqi savdoni yanada liberallashtirish chora-tadbirlari tasdiqlangan.

Kitob tumanida Sayyor qabul

“O'zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “2018 yil I-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli” ga asosan “O'zstandart” agentligi “O'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi direktori A.A.Daminovning Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi 2018 yilning 22 mart kuni mamlakatizda ichki turizmni rivojlantirish doirasida Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirib, tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

2018 yil 28-29 mart kunlari “O’zstandart” agentligi tomonidan «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida “O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavsuzsida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil qilinadi.  

2018 yil 20 mart kuni «O'zstandart» agentligida Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Gunter Leo Uollend bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Navro'z sog'inchi!

“O'zstandart” agentligi rahbariyati va jamoasi xalqimizni Navro'z bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi. Har kunimiz quvonchlarga, bahorlarga va Navro'zlarga boy bo'lsin!

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

«O’zstandart» agentligi «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining eksportga ko‘maklashish Byurosi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 23 ta xorij davlatlarining sanitar va fitosanitar normalari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqildi. 

Navbatdagi sayyor qabuli Boyovutda

“O’zstandart” agentligi rahbariyatining navbatdagi “Sayyor qabuli” Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tashkil etildi.

2018 yil 14-16 mart kunlarida Toshkent shahrida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining (DSK) Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKA), Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKOS), Akkreditatsiya bo‘yicha Mintaqaviy tashkilot tuzish bo‘yicha ishchi guruhining (RG ROA) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.