Yangiliklar



Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda eksport ko‘lamini kengaytirish va import hajmini qisqartirishga alohida e’tibor qaratilib, bu iqtisodiy sohadagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi

Respublikamizda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategyasida belgilab berilgan ustivor yo‘nalishlaridan biri, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish masalasi etib belgilangan.

Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartlarini qabul qilish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yana bir qator davlat standartlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Viloyat markazidan uzoqda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyati Shovot tumanida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ishga tushirildi.

Siz nima deysiz?

Ma’lumki Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ayniqsa bozorlar va savdo majmualarida sifati kafolatlangan, tegishli sertifikatlar asosida mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish dolzarb muhim masalaga aylandi.

Xalqaro hamkorlik istiqbollari

Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida ko‘plab xalqaro miqyosidagi davra suhbatlari va seminarlash tashkil etilmoqda.

Navbatdagi Sayyor uchrashuvi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Unga tuman va viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari taklif etildi

Shahrisabz shahrida Sayyor uchrashuv

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Shahrisabzlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Iste’molchilar diqqatiga!

“O‘zstandart” agentligi tomonidan xalqimiz va ichki iste’mol bozorlarimizni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi ma’naviyat soatida “Hilol” nashr majmuasi rahbari Ismoil Muhammad Yusuf hazratlari taklif etildi.

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

“O‘zstandart” agentligi “RSSM” davlat korxonasining Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar shakllantirildi.

Andijonda Sayyor qabul

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori D.B. Qodirov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabuli”ni o‘tkazdi.

Joriy yilning 10 dan 12 apreligacha Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida KOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitaning 16-chi yig‘ilishi va KOOMET Qo‘mitasining 28-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tarozi-halollik mezoni

Poytaxtimiz bozorlari elektron tarozilar bilan to‘liq ta’minlanganmi? Mavjud tarozilar bozor ma’muriyatiga tegishlimi yoki xususiy tadbirkorlargami?

Joriy yilning 12 aprel kuni “O‘zstandart” agentligiga Tailand davlatining Chulalongkorn universiteti, Xalol Ilmiy Markazidan professor doktor Vinay Daxlan raxbarligida 60 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

Joriy yilning 11 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi, Hilfswerk Austria International xamda “O‘zstandart” agentligi xamkorligida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi standartlarini (YeEK OON standartlari) joriy etish va ilgari surish mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Joriy yilning 9 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Afg‘oniston standartlashtirish milliy idorasi bosh direktorining doktor Naqibullox Faiq boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Olmaliqda xalq bilan muloqot!

2018 yil 9 aprel kuni Olmaliq shahar «Metallurg» madaniyat saroyida «O'zstandart» agentligining “Respublika SSM” DK direktori o’rinbosari F.V. Samatov boshchiligida «Sayyor qabul» yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Buxoro zamini ko‘plab avliyolar va piru-ustozlarning beshigini tebratgan tabarruk maskan. Hayotimizda shunday ma’rifatli zotlarning hikmatlari borki, ularning ahamiyati bir necha yuz yillar o‘tsada o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydi.

O‘zbekiston Respublikasida “Halol” standartlarini qabul qilish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan birgalikda ushbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish ishlari boshlangan.