Yangiliklar



Janubiy Koreyaning Seul shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya muvofiqlikni baholash laboratoriyasi (KCL) prezidenti Sangkwon LEE bilan uchrashdi.

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Latviya Favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksh bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlari instituti (TSE)ning Tashqi aloqalar boshqarmasi boshligʻi Kurshat Yilmaz bilan uchrashuv oʻtkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Afg‘on milliy standartlar tashkiloti (ANSA) bosh direktori Tamim Fayzulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ustozlarga ehtirom koʻrsatildi

Kelajak egalari bo‘lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ana shu buyuk kasb egalarining bayrami arafasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 65-yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Премии Содружества Независимых Государств за достижения в области качества продукции и услуг) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.

Aholiga sifatli mahsulot yetkazib berishda laboratoriyalarning texnik jihozlari va uslubiy ta’minoti muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Turk standartlari instituti taklifiga muvofiq  Anqara sanoat zonasida barpo etilayotgan sifat sinov laboratoriyalar kampusi bilan tanishdi.

Shveytsariyada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining 8-yig‘ilishi doirasida Xalqaro savdo markazi (ITC) halqaro eksperti R.Xemraj va loyixa koordinatori D.Karman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Buxoro viloyatidagi bir qator sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS) Bosh kotibi Chernyak Vladimir Nikolaevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov joriy yilning 18-may kuni Samarqand viloyatida boʼlib oʼtgan “Oʼzbekiston – Malayziya” biznes-forumi doirasida hududiy filiallar faoliyati va ularning oliy taʼlim muassasalari bilan yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov Samarqand viloyatida bo‘lib oʼtgan “O‘zbekiston -Malayziya” biznes-forumi doirasida Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bosh direktori Hakima Mohd Yusuf bilan uchrashdi.

Unda halol standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish va bu borada Malayziyaning ilg‘or tajribasini joriy etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Bu yil 20-may – “Butunjahon metrologiya kuni” “Xalqaro oʼlchamlar va tarozilar Byurosi” tomonidan eʼlon qilingan “Ertangi barqarorlik uchun bugun oʼlchaymiz” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentiligi direktori Аkmal Jumanazarov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida boʼlib fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan malakali kadrlarni birgalikda tayyorlash borasida institutning “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi, Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti bakalavriat taʼlim yoʼnalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

Akmal Jumanazarov, Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Turkiya poytaxti Anqara shahrida Turk standartlari instituti prezidenti Mahmut Shaxin Sami bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Turkiya poytaxti Anqara shahrida Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumdoirasida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Buyuk Britaniyaning Intertek Group plc halqaro muvofiqlikni baholash idorasining regional tijorat direktori Irina Baerenvald boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligida “Iqtisodiyot tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning o‘rni” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Xalqaro va milliy standartlarni ishlab chiqish va uni tarmoqlarda keng joriy etishda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.