Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O'zTTSA), O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi ( O'ZAKK) va Misr akkreditatsiya kengashi (EGAC) o‘rtasida muvofiqlikni baholash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.