« O'ZSTANDART » Agentligi
Login    Parol      

« O'ZSTANDART » Agentligi

"UzStandart" aniqlik kiritadi
Kirganlar soni: 32767   

Ďîăîäŕ
Ęóđń âŕëţň

Ďîđňŕë ăîńóäŕđńňâĺííűő číôîđěŕöčîííűő đĺńóđńîâ Đĺńďóáëčęč Óçáĺęčńňŕí
ÓçŔŃČ
Ďđŕâîâîé íŕâčăŕňîđ
UzInfoCom || Computerization and Information Technologies Developing Centre
Öĺíňđ íŕó÷íî-ňĺőíč÷ĺńęčő č ěŕđęĺňĺíăîâűő čńńëĺäîâŕíčé
Íŕöčîíŕëüíŕ˙ ńĺňü ďĺđĺäŕ÷č äŕííűő
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agenligi nashri -
Číčöčŕňčâŕ Öčôđîâîăî Đŕçâčňč˙


2010-09-06 18:07:12
"O’zstandart" tushuntirish beradi. Hisoblash uskunalari. Oydinlik kiritishga yordam beramiz" teledasturi
     Joriy yilning 11 sentyabr  kuni soat 20-00 da milliy televideniyaning NTT kanalida to’g’ridan to’g’ri "O’zstandart" tushuntirish beradi. Hisoblash uskunalari. Oydinlik kiritishga yordam beramiz" teledasturi bo’lib  o’tadi. Teledastur, elektr va gaz hisoblagichlarini maishiy sektorda qo’llanilishi masalasi bo’yicha fuqarolardan kelib tushgan ko’pgina murojaatlarga binoan tashkil etildi. Mazkur teledasturda "O’zstandart" agentligining mutaxassilari bilan bir qatorda, "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi", "Toshshahargaz" mutaxassislari hamda Toshkent shahrining bir qator mahalla qo’mitalari vakillari ishtirok etishadi.  

2010-07-17 15:08:21
"O’zstandart" agentligi Hay’atining 2010 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishi
     2010 yil 17 iyul kuni soat 10.00da "O’zstandart" agentligining katta majlislar zalida agentlik Hay’atining  joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib  o’tdi. Hay’at  yig’ilishida  agentlik tizimiga kiruvchi korxonalar rahbarlari, yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi. 
     Yig’ilishda dastlab  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2010 yil 16 iyuldagi "2010 yilning  birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  yakunlari va 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi yig’ilishi bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar  belgilab olindi. Kun tartibidagi ikkinchi masala agentlik tizimidagi korxonalarning hisobot davridagi  faoliyati tahlili va yil adog’igacha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustivor vazifalarni belgilab olishga bag’ishlandi.  Keyin  yig’idganlar "O’zvinosanoatxolding" xolding kompaniyasi tizimida faoliyat yurituvchi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda  o’tkazilgan davlat nazorati tekshiruvlari to’risidagi hisobotni tinglashdi va muhokama qilishib tegishli qaror qabul qilishdi. Yig’ilish so’ngida hay’at a’zolari yana bir bor agentlik tizimidagi kolrxonalarda ijro intizomining ahvolini tahlil qilishib, uni yanada yaxshilash yuzasidan fikrlashib olishdi.

2010-07-12 14:27:04
“O’zbek-Turk Test Markazi” Qo’shma shirkatining XIII-Boshqaruv kengashi yig’ilishi
    
2010 yilning 07-08 iyul kunlari “O’zstandart” agentligi, (O’zbekiston Respublikasi) va “Turk Standardlari Instituti” (Turkiya Respublikasi) xamkorligida tashkil etilgan, “O’zbek-Turk Test Markazi” Qo’shma shirkatining XIII-Boshqaruv kengashi yig’ilishi Turkiyaning Anqara shahrida bo’lib o’tdi.
     Bosh direktor o’rinbosari R.T.Husanov boshchiligidagi "O’zstandart" agentligi delegatsiyasi “Turk Standardlari Instituti” ga tashrif buyurdilar. Ularni “Turk Standardlari Instituti” Prezidenti janob, Tahir Buyukhelvacigil kutib oldi.  Boshqaruv kengashi a’zolari o’rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.

     Song qo’shma shirkat rahbari Ě.Ě. Saidov, boshqaruv kengashi a’zolarini qo’shma shirkat tomonidan 2009 yil davomida bajarilgan ishlar bo’yicha xisobot bilan tanishtirdi, hamda boshqaruv kengashi a’zolari “O’zbek-Turk Test Markazi” Qo’shma shirkatining 2011 yil uchun belgilangan istiqboldagi rejalari xaqida kelishib olishdi.
     Tashrif davomida, O’zstandart agentligi delegatsiyasi Turkiyada sifat infrastrukturasini rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Anqara shahridagi  “Turk Standardlari Instituti” ning bir qator sinov laboratoriyalarini ko’zdan kechirdilar. 
     Yig’ilish ikki tomonlama samimiy va do’stona tarzda bo’lib o’tdi.

2010-06-16 14:52:23
     "O’zstandart" agentligi  O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi  o’rtasida  o’zaro savdoni qo’llab – quvvatlash uchun qulay sharoitlar yaratish va strategik xamkorlikni rivojlantirishdagi ikki tomonlama hamkorlikka samarlari hissa qo’shmoqda. 
 Shu munosabat bilan,  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov  hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Sintaolarning 9 iyun kuni "Ko’ksaroy" qarorgoxida bo’lib  o’tgan rasmiy uchrashuvlar doirasida,   O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan Xitoy muvofiqlikni baholash bo’yicha milliy akkreditatsiyalash xizmati  o’rtasida akkreditatsiya sohasida hamkorlik t o’g’risida Bitim imzolandi

2009-12-03 18:53:37
"Xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlari-raqobotbordosh mahsulotlar ishlab chiqarish garovi" mavzusida seminar o’tkazildi
     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi 173-sonli  "Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shaxar xokimligi, "O’zstandart" agentligi va uning Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi, Toshkent shaxar Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Toshkent shaxar Sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi   bilan birgalikda 2009 yilning 03 dekabr kuni "O’zstandart" agentligining majlislar zalida "Xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimlari-raqobotbordosh mahsulotlar ishlab chiqarish garovi" mavzusida  seminar  o’tkazildi.       
     Seminarga respublikamizning sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan yetakchi korxonalar vakillari, Vazirlar Maxkamasining 173-sonli qarori ilovalariga kiritilgan vazirliklar va  uyushmalar xamda ularning tarkibidagi korxonalar mutaxassislari taklif etildi. 
     Seminarda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2004-2005 yillar davomida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etilishini belgilovchi qarorlari, xususan, Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 19 iyundagi qarori mohiyati, qarorni ijrosini taminlash bo’yicha "O’zstandart" agentligi va uning xududiy bo’linmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan korxonalarga beriladigan imtiyozlar va qulayliklar, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), sifatni boshqarish tizimlarini belgilovchi xalqaro standartlar, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bosqichlari to’g’risida ma'ruzalar tinglandi. Seminar ishtrokchilari tashkilotchilarga yuqoridagi masalalar bo’yicha  o’zlarini qiziqtiradigan savollar bilan murojaat etdilar va berilgan savollarga tegishli mutaxassislar  tomonidan javoblar oldilar. 

2009-10-28 16:32:05
"O’zstandart" agentligi Sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja ko’rgazmasida
      2009 yil 20-27 oktyabr kunlari "O’zekspomarkaz"da mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish kompleksi korxonalari ishtirokida  o’tkazilgan sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasining ko’rgazmasida "O’zstandart" agentligi ham ishtirok etdi. Ko’rgazmada ishlab chiqarish korxonalari, kichik va  o’rta biznes vakillari, tadbirkorlar uchun  "O’zstandart" agentligi faoliyati aks ettirilgan stend jihozlandi. Stendda shuningdek, mamlakatimiz korxonalarida sifat tizimlarini joriy qilish istiqbollari, ulardan kutilayotgan qulaylik va ustivorliklar borasidagi ma’lumotlar ham joy oldi. 
     Ko’rgazmada agentlik tizimidagi korxonalar va hududiy  bo’limlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar bayon etilgan  o’zbek, rus va ingliz tilidagi bukletlar, Axborot ma'lumot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan kataloglar,  "O’zstandart" agentligi faoliyati aks ettirilgan rolik va slaydlar doimiy ravishda namoyish etib turildi va tarqatildi. 
     Agentlikning tegishli sohalar bo’yicha mutaxassislari  ham ko’rgazmada ishtirok etishib, tadbirkorlarga ularni qiziqtirgan masalalarda zarur konsultatsiyalar berishdi. Ko’rgazma davomida 66 ta korxona bilan xizmat ko’rsatish bo’yicha dastlabki tarzda kelishuvlar amalga oshirilib, 3 ta korxona bilan standartlashtirish sohasidagi me’yoriy hujjatlar yetkazib berish to’risida shartnoma imzolandi.  
     Shuningdek, 27 oktyabr kuni "O’zekspomarkaz"ning katta majlislar zalida  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizda sifat tizimlarini joriy etish to’g’risidagi Qarorlari ijrosining borishiga bag’ishlangan agentlikning taqdimot marosimi   o’tkazildi. 

2009-10-20 15:49:48
"O’zstandart" agentligi Hay’atining joriy yil 9 oyi yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishi to’g’risida axborot
       Joriy yil 19 oktyabr kuni "O’zstandart" agentligi Hay’atining  navbatdagi  yig’ilishi bo’lib  o’tdi. Yig’ilishda "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 16 oktyabr kuni bo’lib  o’tgan "2009 yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va shu yil 13 fevralda respublika Hukumati majlisida  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tamonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta'minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi yig’ilishi bayoni haqida", "O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va uning tarkibidagi korxonalar hamda hududiy bo’linmalari tomonidan 2009 yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida", "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish yuritish  va ijro nazoratini yanada takomillashtirish to’g’risidagi hujjatlari ijrosining borishi haqida", "Axborot-ma'lumot markazi" unitar korxonasi tomonidan   2007 yildan 2009 yilning 9 oyigacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida"gi masalalar ko’rib chiqildi. 
     Yig’ilishda qayd etildiki, "O’zstandart" agentligi tizimidagi korxonalarning 2009 yil 9 oylik yakunlari bo’yicha ish faoliyatida ijobiy ko’rsatkichlarga erishildi. Jumladan, "O’zstandart" agentligi bo’yicha  o’sishga  o’tgan 2008 yil 9 oyligiga nisbatan 115,3 foizni, sinov va sertifikatlashtirish markazlari bo’yicha 113,7 foizni, Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi bo’yicha 115,3 foizni, Axborot-ma'lumot markazi bo’yicha 107,7 foizni, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bo’yicha 145,5 hamda Shtrixli kodlash markazi bo’yicha 115,3 foizni tashkil etdi.
     Hisobot davrida 860 ta me'yoriy hujjatlar va ularga  o’zgartirishlar davlat ro’yxatiga olindi (2008 yilda 955ta). Me'yoriy hujjatlar davlat fondi shuningdek, 693 ta me'yoriy hujjatlar (137 ta GOST, 300 ta GOST R hamda 256 ta ISO ) bilan to’ldirildi ( o’tgan yilning shu davrida 543 ta ). Shu davr ichida elektron ovoz berish tizimini doimiy ravishda ishlab borishi ta'minlandi va elektron tizimidan olingan davlatlararo standartlar va ularga  o’zgartirishlarning 68 ta loyihasi ko’rib chiqildi.   O’zbekiston Respublikasi hududida davlatlararo standartlar va ularga  o’zgartirishlarni amalda joriy etish t o’g’risidagi 11 ta qaror qabul qilindi. 
     Bugungi kunda, Respublikada 18 ta standartlashtirish texnik qo’mitasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda (2008 yilning shu davrida - 15 ta). 
     Sertifikatlashtirish Milliy tizimida 82840 ta muvofiqlik sertifikati berilgan bo’lib, jumladan 6508 ta horijiy mamlakatlar sertifikatlarini tan olish, 403  ta sertifikat deklaratsiyalash yo’li bilan rasmiylashtirildi. (2008 yilda 86247 ta muvofiqlik sertifikati berilgan).  
     Yig’ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

2009-10-14 16:39:31
14 oktyabr – Xalqaro standartlashtirish kuni
       2009 yil 14 oktyabr kuni " O’standart" agentligida Xalqaro standartlashtirish kuniga bag’ishlangan "Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib  o’tdi.   
     Hozirgi kunda mahsulot, hizmatlar va bajariladigan ishlarga belgilanadigan majburiy talablarni  o’rnatish va ularga rioya qilish ustidan davlat nazoratini olib borish Davlat tizimini halqaro me'yor va qoidalarga moslashtirish bo’yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 23 aprelida  O’zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida"gi Qonuni kuchga kirdi. Ushbu qonun bilan respublikada texnik reglamentlarni amalga tadbiq etilishi qoidalari belgilangan. 
     Xalqaro tajribada mahsulot, xizmatlar va jarayonlarga bo’lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli  qonunlar, direktivalar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy emas. Shu sababli texnik reglamentlarni "amaldagi qonunchilikning qismi" deb hisoblasa bo’ladi. 
     Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridan biri,  inson hayoti va sog’lig’i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta'minlash, atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta'minlash, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etish va mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste'molchilarni chalg’ituvchi harakatlarning oldini olish hisoblanadi. 
     Mazkur ilmiy texnikaviy seminar ham mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solishni rivojlantirishning dolzarb muammolari va ushbu yo’nalishning istiqboldagi rejalari muhokamasiga bagishlandi. 

2009-08-27 14:26:04
O’zbekiston - Chexiya Xukumatlararo savdo, ishlab chiqarish va ilmiy - texnikaviy hamkorlik
"O’zstandart" agentligining xalqaro hamkorlik sohasidagi harakatlari yana bir muvoffaqiyatli burilishiga erishdi. Ma'lum qilamizki, 2009 yilning 25 avgustida  O’zbekiston - Chexiya Xukumatlararo savdo, ishlab chiqarish va ilmiy - texnikaviy hamkorlik bo’yicha qo’shma kommissiyasining 3–yig’ilishi Toshkentda bo’lib o’tdi. Ushbu muhim tadbir doirasida  O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Chexiya standartlar, metrologiya va sinov idorasi rahbarlari  o’rtasida standartlashtirish, metrologiya va sinov sohalarida ikkitomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
     Ikki tomonlama hamkorlikning boshlanishini belgilash maqsadida "O’zstandart" agentligi bosh direktori Abduqahhor Abduvaliyev va Chexiya standartlar, metrologiya va sinov idorasi prezidenti Milan Xolechek  O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Chexiya standartlar, metrologiya va sinov idorasi  o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Bitimni imzolashdi. Umid qilamizki, mazkur hamkorlik to’g’risidagi Bitim "O’zstandart" agentligi va Chexiya standartlar, metrologiya va sinov idorasi  o’rtasida yaqin va unumdor hamkorlikka mezon yaratadi.
   Shuning bilan birga, Milan Xolechek Toshkentdagi safari davomida "O’zstandart" agentligi milliy sifat infrastrukturasini rivojlantirish yo’lida olib borayotgan tadibirlari bilan yaqindan tanishish maqsadida agentlik rahbariyati bilan uchrashdi va bir qator sinov laboratoriyalarini ko’zdan kechirdi. 

2009-08-26 11:11:44
"O'zstandart" agentligi delegatsiyasining Singapurga tashrifi
     2007 yil 25 yanvarda Singapur shahrida  imzolagan "O’zstandart" agentligi va Singapur standartlar, unumdorlik va innovatsiya kengashi (SPRING) o’rtasida standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohalarida hamkorlik to’g’risidagi Bitim ijrosini ta'minlash uchun bosh direktor o’rinbosari A.X.Yuldashev boshchiligidagi "O’zstandart" agentligi delegatsiyasi 2009 yil 14 - 18 avgust kunlari  mazkur tashkilotga tashrif buyurdilar. 
       Mazkur tashrif doirasida SPRING standartlar va sifat bo’yicha direkori janob Teo Nam Kuan, Standartlashtirish boshqarmasi direktori Syuzan - Chong xonim lar bilan qator uchrashuv va muzokaralar olib borildi. Bunda, Singpur tomoni tashkilot tarixi va faoliyati, Singapurning iqtisodiy strategiyasining asosiy yo’nalishlari, zamonaviy texologiyalarni va eng yaxshi amaliyotni SPRING tizimiga joriy etishni tashkil etish masalalari shuningdek Singapur standartlarini ishlab chiqish jaryoni va texnik qo’mitalari faoliyati to’risidagi ma'lumotlar bilan tanishtirdilar. Shuning bilan bir qatorda, Singpur akkreditatsiya kengashiga (SAC) tashkrif buyurildi va "O’zstandart" agentligi delegatsiyasi Singapur akkreditatsiya tizimining rivojlanishi bosqichlari va SPRINGning mazkur idorasi faoliyatining asosiy vazifari bilan tanishdi. Cingapur tomoniga standartlashtirish va  akkreditatsiya sohalaridagi ma'lumotlar, me'yoriy hujjatlar  bilan doimiy almashish, hamkorlikda seminar, treyning va boshqa  o’quv tadbirlarini O’zbekiston Respublikasida va Singapurda tashkillashtirish hamda birgalikda sinov laboratoriyalarida auditlar  o’tkazish va akkreditatsiya ishlarini, sinov natijalari va sertifikatlarni  o’zaro tan olish yuzasidan bir qator takliflar berildi.
Yangiliklar atchivi

« O'ZSTANDART » Agentligi © 2005 | Made by UzInfoCom